2024-yil yakuniga qadar fuqarolar shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) orqali davlat xizmatlarini olishi mumkin bo‘ladi. Bunda foydalanuvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatishi shart emas.
Toshkent metropolitenining Buyuk ipak yo‘li bekatida yuzni skaner qilish (Face ID) orqali yo‘lkirani to‘lash tizimi ishga tushdi. Undan foydalanish uchun ATTO ilovasida yuzni skanerlab, ro‘yxatdan o‘tish kerak. Sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, boshqa bekatlarda ham bu tizim paydo bo‘ladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati «Tashabbusli budjet»da Face ID tizimi va ko‘paytirish koeffitsiyentlarini joriy etish rejasi haqida xabar bergandi. Vazir Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlarini «salgina noprofessional sharh berganlikda» ayblab, hozircha bunday o‘zgarishlar nazarda tutilmaganini bildirdi.
«Tashabbusli budjet» loyihasida barcha mahallalar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi. U SMS orqali berilgan 5−10 ovozga tenglashtiriladi. Qolaversa, kam aholili mahalla loyihalari uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti qo‘llash amaliyoti ko‘rib chiqiladi.
Respublika bo‘ylab barcha maktablarda o‘quvchilarning muassasada bo‘lish vaqti Face ID tizimi orqali nazorat qilinishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, sinf xonalariga ovozli kameralar o‘rnatish va ularni ichki ishlar organlari tomonidan nazorat qilinishini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning fikriga ko‘ra, o‘quvchilar kameralar ostida fikrlashga majburlansa, bu mamlakatni to‘laqonli totalitar davlatga aylanishi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting